Qaramlik

Qaramlik nima? Miyaga o‘rnashib qolgan holat shunday nomlanib, unda inson barcha sa’y-harakatlarini o‘zi qaram bo‘lgan obyektga erishish uchun yo‘naltiradi. Qaram bo‘lgan insonlar go‘yo o‘z irodalari va vaziyatni sog‘lom baholash qobiliyatini yo‘qotganday bo‘ladilar. Bu holatni mustaqil ravishda yengish juda qiyin. Shu bilan birga, qaram bo‘lgan insonning qarindoshlari va yaqinlari u bilan teng ravishda, ba'zan esa hatto undan ko‘ra ko‘proq aziyat chekishadi.

Shuning uchun, qaram va birgalikda qaram bo‘lganlar bilan ish olib borish – psixologiyaning eng ko‘p talab qilinadigan sohalaridan biridir.

Psixologik qaramlikning asosiy turlari

Alkogolga qaram bo‘lish

Juda keng tarqalgan turi. Xavfli jihati shundaki, inson asta-sekin va o‘zi sezmagan holatda spirtli ichimliklarga o‘rganib qoladi va bu odat katta muammoga aylanadigan lahzani aniqlash o‘ta mushkul.

Alkogolizmni davolab bo‘lmaydi, ammo uni jilovlash mumkin. Inson o‘zi yoki mutaxassislar yordamida spirtli ichimliklarni iste'mol qilishni to‘xtatishi va umrining oxirigacha ichmasligi mumkin. Ammo alkogolning birinchi dozasiyoq, kasallikning “uyqudagi” mexanizmlarini ishga tushiradi. Remissiya davri davomiyligini saqlab qolishga qaratilgan yordamning asosiy qismlaridan biri psixolog bilan birgalikda sog‘lom turmush tarzi uchun qat'iy qoidalarni yaratishdir.

Markazimiz mutaxassislari birgalikda qaram bo‘lgan shaxslarga ham psixologik yordam ko‘rsatadilar.

Nikotinga qaram bo‘lish

Ma'lumki, hozirgi zamonda chekish muammosi kattalar orasida ham, afsuski, o‘smirlar orasida ham juda dolzarbligicha qolmoqda.

Olimlarning ta'kidlashicha, nikotinga nisbatan bo‘lgan fiziologik qaramlik zaif bo‘lib, uzoq davom etmaydi.

Chekish – bu ko‘proq psixologik qaramlikdir.

Psixologlar chekish sabablarini tushunishga va zararli odatdan xalos bo‘lishga yordam beradilar.

Internetga qaram bo‘lish

Internetga qaramlik inson tarmoqda bo‘lish va messenjerdagi xabarlarni tekshirishga doimiy ravishda ehtiyojmand bo‘lishida namoyon bo‘ladi.

Kompyuterlar nafaqat hayotimizni, balki o‘zimizni ham o‘zgartirishdi. Kattalar haqida gapiradigan bo‘lsak, birinchi navbatda, insonning o‘zi e'tiborini muammoga qaratishi lozim, chunki har qanday qaramlikda bo‘lgani kabi, kattalarning o‘zlari ham buni anglamasliklari mumkin. Internetga qaramlikning tez-tez uchraydigan sababi – bu haqiqiy hayotdagi muammolardan qochish ekanligini yodda tuting.

Bolalar va o‘smirlarga keladigan bo‘lsak, bolaning qaysi saytlarga kirishiga alohida e'tibor berish lozim.

Odatda, bolaning virtual olamga berilib ketishi oiladagi nosog‘lom vaziyat borligidan dalolat beradi.

O‘yinga qaram bo‘lish

Zamonaviy dunyoda o‘yinlarga qaramlikni oshishi masalasi ayniqsa keskin tashvish uyg‘otmoqda. Butun dunyodagi psixologlar ushbu muammo ustida ish olib borib, qiyin vaziyatdan chiqish yo‘lini qidirmoqdalar. Ko‘rinishidan, o‘yinlar dam olish va o‘yin-kulgiga qaratilgan bo‘lishi kerakdek. Ammo so‘nggi paytlarda bu qattiq yanglishishga sabab bo‘lmoqdaAmmo so‘nggi paytlarda bu qattiq yanglishishga sabab bo‘lmoqda.

Odam o‘yinda qatnashganida, u go‘yo to‘plangan stressini bartaraf qiladi va muhim muammolardan chalg‘iydi. Ammo bularning barchasi faqat xayolda, haqiqiy bo‘lmagan dunyoda sodir bo‘ladi. So‘ngra odam tobora o‘zini qaqiqiy hayotdan chalg‘itishni xohlaydi va unda o‘yinga qaramlik paydo bo‘ladi.

Ko‘pincha bu muammo bolalik yoki kattalik davrida psixologik jarohatlar olgan, stressni boshidan kechirgan yoki o‘smirlik davridagi komplekslarini yengib o‘tolmagan odamlarga tegishli bo‘ladi.

O‘yinlarga qaramlikdan ko‘pincha quyidagi insonlar aziyat chekadilar:

  • ota-onaning e’tiboridan mahrum bo‘lgan bolalar;
  • atrofdagilar bilan umumiy til topa olmaydigan yoshlar;
  • depressiya yoki stressni yengishga va haqiqatdan uzoqlashishga harakat qilayotgan o‘smirlar yoki kattalar.

Bunday muammoda ota-onaning e’tibori, g‘amxo‘rligi va nazorati juda muhimdir. Ota-ona o‘z farzandiga ayniqsa ehtiyot bo‘lishlari va quyidagi belgilar paydo bo‘lganda psixologga murojaat qilishlari kerak:

  • Biror o‘yinga kuchli bog‘lanib qolish;
  • Kompyuterdan foydalanishni cheklashga urinishlarga nisbatan nosog‘lom munosabat bildirish;
  • To‘liq “yopishib qolish” – vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotish;
  • Depressiya.

Katta odamning o‘zi o‘yinga qaramlikni yenga olmasa, yaqinlari unga psixologga murojaat qilishga yordam berishlari muhim. Mutaxassis o‘yinga qaram bo‘lgan shaxsga o‘z vaqtida va professional yordam ko‘rsatadi.

Narxi:
400 000 so'm / 1 soat

Специалисты


Лошманова Лариса
Васильевна

Boshqa xizmatlar