Art-terapiyani amaliy psixologiyaning eng qiziqarli, jozibali va hatto sirli yo‘nalishlaridan biri deb atash mumkin.
Turli uslublarga boy bo‘lgan art-terapiya ruh va tanani tinchlantirish, turli alomatlarni yengillashtirish, bartaraf etish va yo‘q qilish uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘pchilik odamlar uchun u vaqtni naf bilan o‘tkazish, stress ta'sirini kamaytirish va quvvatni tiklash imkonini beruvchi sevimli mashg‘ulot hamdir.
Art-terapiya – bu psixoterapiyaning tasviriy san'at va ijodiy faoliyatga asoslangan, ixtisoslashtirilgan shaklidir.
Bu inson ongi va ong osti orasidagi, aql va ruh o‘rtasidagi bog‘lovchi zanjir sanalmish usul.
Art-terapiya samaradorligining mohiyati shundaki, insonning aksariyat muammolari yuzaki ong darajasida emas, balki chuqur ong osti darajasidan kelib chiqadi.
Art-terapiya imkoniyatlari:
- Xulq-atvorni tuzatish – tajovuzkorlik va boshqa salbiy his-tuyg‘ularning chiqishiga maqbul yo‘l berish
- Ongsiz ravishda kechadigan ichki nizolar va tashvishlarni aniqlash va yumshatish – muvozanatga erishish
- Stressning salbiy oqibatlarini kamaytirish
- O‘z-o‘ziga hurmatni oshirish (aybdorlik va o‘ziga achinish hissidan xalos bo‘lish)
- Odamlar bilan munosabatlarni yaxshilash (muloqot ko‘nikmalarini tuzatish)
- Ijobiy fikrlashni shakllantirish
- O‘zini bo‘sh qo‘yish va relaksasiya
Art-terapiya usulining noyob ahamiyati shundaki, inson korreksiya jarayonida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Art-terapiya qo‘llanilayotgan insondan san'at sohasida tajribasi bo‘lishi talab qilinmaydi. Art-terapiya inson san'at orqali o‘ziga yordam berishni o‘rganishiga qaratilgan.