Individual konsultatsiya

Ko’pincha, psixologiya bilan tanish bo’lmagan insonlar, nima sababdan mutaxassisga yordam uchun murojaat qilish kerakligini bilmaydi. Ko’plarni “ochiqchasiga gaplashish” kerakligi sababli, psixologik seans qo’rqitadi. Malakali psixolog esa yordam ko’rsatib, turli hayotiy sohalarni tartibga keltirishi mumkin: oila, karyera, shaxsiy masalalar, o’zingiz va atrofdagi olam bilan uyg’unlikda bo’lish, insonlar bilan muloqot. Xo’sh, individual psixoterapiya nima uchun kerak va u qaysi vaziyatlarda haqiqatdan ham foydali bo’lishi mumkin? Keling, bu masalani ko’rib chiqamiz.

Sizga quyidagi holatlar va tuyg’ular yaqinmi:

  • uyqu bilan muammolar;
  • hayot mazmunini yo’qotish;
  • juftlikda munosabatlarni yo’lga qo’yishda muvaffaqiyatsizlikka uchrash;
  • yolg’izlik hissiyoti;
  • yaqin insonni yo’qotish natijasida chidab bo’lmaydigan og’riq;
  • ota-onaga nisbatan chuqur hafagarchilik;
  • sotqinlik;
  • o’zining va farzandlarining kelajagi uchun bezovtalik;
  • karyerada omadsizlik va rahbar bilan yomon munosabatlar;
  • xodimlar bilan nizoli vaziyat;
  • muntazam ravishda pul yoki ishlab topish uchun kuch yetishmasligi;
  • hayot o’rtasida inqirozli paytlar;
  • umidsizlik, asabiylashish va loqaydlik holati;
  • hayotda biron nimani o’zgartirishni xohlash va buning imkonsizligi.

“SMARTLINE” markazining psixologlari sizga tez psixologik yordam ko’rsatishga tayyor. Bizning markazimizda, psixologiya sohasida zarur bo’lgan ta’limga, hamda eng murakkab psixologik masalalarni yechishda katta amaliy tajribaga ega bo’lgan professional mutaxassislar ishlaydi.

O’z ishining ustalari, ba’zida mustaqil ravishda  ulardan chiqish yo’lini topish qiyin bo’lgan hayotiy vaziyatlar bilan keng ko’lamda ishlash tajribasiga ega. Bizda siz zarur yordamni olishingiz va quyidagi mavzular bo’yicha maxfiy ravishda psixologik seansni o’tishingiz mumkin:

  • Shaxsiy muammolar (turli qo’rquvlar, qarama-qarshi jins vakillari bilan o’zaro munosabatlardagi qiyinchiliklar, nazorat qilinmaydigan g’azab, ommaviy chiqishlardan qo’rqish, muhim qarorlarni qabul qilish va hokazo);
  • Nevrozlar, fobiyalar (qo’rquvlar);
  • Vahima hujumlari;
  • Psixosomatika va uning alomatlari (har hil turdagi xastaliklar);
  • Hayot mazmunini yo’qotish, loqaydlik, tushkunlik;
  • Do’stlar va yaqinlar bilan murakkab o’zaro munosabatlar (yolg’izlik, uyg’un muloqotni yo’lga qo’ya olmaslik, yaqin munosabatlarni o’rnatish);
  • O’zingizni past baholash;
  • Muhim ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishdan qo’rqish;
  • Psixodiagnostika va atrofdagilar bilan munosabatlardagi qiyinchiliklar (o’zingizni va ichki dunyoingizni batafsil o’rganib chiqish, o’z xususiyatlaringizni va o’zligingizni qabul qilish);
  • Oilaviy muammolar (turmush o’rto’g’i, ota-ona va farzandlar bilan munosabatlar, separatsiyadagi muammolar);
  • Ishxonadagi qiyinchiliklar (yangi jamoada moslashish, xodimlar va rahbar bilan murakkab o’zaro munosabatlar, ish jarayonini tashkillashtira olmaslik va hokazo);
  • Ishlashni xohlamaslik, dangasalik, zerikish;
  • E’tirof qidirish (o’zini, o’z ishini qidirish, ishdan va o’zini mutaxassis sifatida rivojlantirishdan qoniqish);
  • Ovqatlanish xulqining buzilishi (ortiqcha vazn yoki uning yetishmovchiligi) va ko’plab boshqa muammolar.

Bizning Markazimizga murojaat qilgan har bir inson, uni eshitishlari va yordam berishlariga ishonishi mumkin.

Bizning mutaxassislarimiz qiyofasida siz, hayotning oson bo’lmagan davrlari mobaynida bizga juda zarur bo’lgan, ishonchli tayanch kuchiga ega bo’lasiz.

Narxi:
400 000 so'm / 1 soat

 

Bizning markazimiz

Xodimlarimiz

Boshqa xizmatlar