Bolalar va o’smirlar psixologiyasi

Ota-onalar uchun psixolog konsultatsiyasi

Ota-onalar yordam uchun professional mutaxassisga murojaat qilishlari zarurligining bir nechta sababi mavjud:

  • bola birdan agressiv bo’ldi yoki unda nosog’lom o’jarlik vujudga keldi;
  • “otalar va bolalarning” kelishmovchiliklari tez-tez paydo bo’lyapti;
  • bolada haddan tashqari harakatchanlik yoki aksincha, lqaydlik kuzatilmoqda;
  • bolalar bog’chasi, maktabda, tengdoshlar orasida yoki oilada nizolar ko’payib ketdi;
  • bolaning ta’limga bo’lgan qiziqishi yo’qoldi;
  • kompyuter o’yinlari, internetga haddan tashqari qiziqish

Bizning markazimizda siz yoshga oid muammolarni hal qilishda tizimli yondashuvga ega bo’lasiz.

Psixodiagnostikasi

  • bilim orttirish
  • emotsional-iroda sohasining
  • maktabga psixologik jihatdan tayyorligini tekshirish
  • bola rivojlanishining majmuali diagnostikasi
  • kichik, o’rta va katta maktab yoshidagi bolalarning fe’l-atvori (giperfaollik, qo’rquvlar, bezovtalik, krizislar, jazavasi tutish);
  • atrof-muhitni qabul qilishda qiyinchiliklar
  • o’zaro munosabatlardagi qiyinchiliklar (tengdoshlar, ota-ona bilan)
  • psixosomatika (vahima hujumlari)

Bolalar psixologi sizning farzandingizga quyidagi hollar bilan kurashishda yordam beradi:

  • qo’rquvlar bilan,
  • bolalar va o’smirlar agressiyasi,
  • xulq-atvor muammolari,
  • giperfaollik va e’tibor yetishmovchiligi,
  • psixosomatika.
O’smirlarga psixologik yordam

O’smirga qachon professional psixologning yordami kerak bo’ladi? Bir nechta aspektni ko’rib chiqaylik:

  • Kayfiyatning tez-tez o’zgarishi
    Mutaxassis hissiyotlar va kechinmalarni o’rganib chiqishda yordam beradi, muammoli joylar va reallikni qabul qilmaslik ustida ish olib boradi. Psixolog o’smir bilan birgalikda yomon kayfiyatning sababchisi bo’lgan onlarni birgalikda yashab o’tadi. Natijada o’smir vaziyatga to’g’ri munosabatda bo’lishni o’rganadi, uning bezovtaligi ahamiyatli ravishda pasayadi.
  • Tushkunlik holati (depressiya)
    Ushbu holatda o’smirda kuchli ichki va tashqi o’zgarishlar kuzatiladi. Ko’pincha tushkunlik o’zini qabul qilmaslik bilan ta’riflanadi. Bu kuchli darajada kechinmalar va tushirinki kayfiyatning sababiga aylanadi. Psixolog o’smirning psixologik-jismoniy holati ustida ish olib boradi, sog’lom o’zini baholash haqida fikrini shakllantirishda yordam beradi, atrofdagi dunyoga nisbatan to’g’ri munosabatni tushuntirib beradi. Shu bilan birga, mutaxassis tez o’zgarayotgan vaziyatlarga yoki hayotdagi o’zgarishlarga moslashishni o’rgatadi. Zaruriyat tug’ilsa, tushkunlik holatini bartaraf etish uchun maxsus terapiyalar o’tkaziladi.
  • Tengdoshlar bilan muloqot qilishda muammolar
    O’zini past baholash, ishonmaslik, haddan tashqari kamtarinlik yok aksincha, o’zini haddan tashqari yuqori baholash o’smirga zarar yetkazishi mumkin. Buning salbiy natijasi bo’lib sinfdoshlar bilan murakkab munosabatlar, ta’qib qilish, bulling yoki hattoki begonalashtirish hisoblanadi.O’smir o’ziga ishongan bo’lishi, o’zining kuchli taraflarini bilishi uchun psixologga murojaat qilish – bu vaziyatdan chiqishning eng to’g’ri yo’li. Mutaxassis bolada kommunikativ ko’nikmalarning rivojlanishiga yordam beradi va o’zini jamiyatda qulay his etishni o’rgatadi.
  • Xulq bilan muammolar
    Bunga tajovuzkorlik, jizzakilik, tez asabiylashish va boshqalar kiradi.O’smirlar psixologi hissiyotlarni boshqarish bo’yicha ish olib boradi, o’zining tuyg’ularini, o’zi va atrofdagilari uchun xavfsiz usul bilan, to’g’ri ifodalashni o’rgatadi.
  • Ota-onalar va bolalar munosabatlaridagi muammolar
    O’smirlik yoshida ota-onaning obro’si bir oz pasayadi. Bolalar erkinlikka intilishni, o’z hissiyotlarini jo’shib ifodalashni boshlaydi va ko’pincha o’zining “men”ini namoyish qiladi. Bu holda oiladagi munosabatlarga chidab bo’lmaydi.

Malakali psixologga murojaat qilish natijasida, ota-onalar oilaga o’zaro tushunish va uyg’unlikni qaytara olishadi. Tajribali mutaxassis sog’lom suhbatni o’rnatishda yordam beradi, ota-ona va o’smir o’rtasidagi aloqani yo’lga qo’yadi, ularni bir-birini eshitishlarini o’rgatadi.

O’smirlar psixologlari, shuningdek, bolaning qo’rquvlardan uyqusizlikdan, o’qishdagi muammolardan, hamda quyidagi kabi jiddiy tobeliklardan qutilishiga yordam beradi:

  • Tamaki chekish;
  • Spirtli ichimliklar;
  • Ovqatlanish xulqining buzilishi (anoreksiya, bulimiya);
  • Kompyuter o’yinlariga, Internetga tobelik;
  • Kleptomaniya va boshqa qo’rquvlardan.
Kasbga yo‘naltirish

Har birimiz hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlab, kelajakda nima bilan shug‘ullanish to‘g‘risida aniq bir to‘xtamga kelishimiz kerak bo‘lgan vaqtga boshdan kechiramiz. Inson bunday tanlovga 9-sinfda, o‘smir hali qaysi yo‘nalishni tanlashni bilmagan paytida ro‘para kelishi mumkin. Ayrimlar maktabda o‘qishni davom ettirsalar, boshqalar litsey yoki kollejga kirishni rejalashtiradilar. 11-sinfda o‘g‘il-qizlar imtihon topshiradigan fanlari, oliy ta’lim muassasasi va yoqtirgan yo‘nalishlari borasida bir qarorga kelgan bo‘lishlari lozim.

Biroq ko‘pincha oliy ma’lumotli va yaxshi lavozimga ega kattalar ham oldingi ish joyidan hafsalalari pir bo‘lgani tufayli kasblarini o‘zgartirishni xohlashadi.

Shu yerda savol tug‘iladi: qay tomonga harakatlangan ma’qul? Qayerda o‘qish kerak? Siz uchun eng maqbul tanlov qaysi? Ham zavqlanish, ham sezilarli daromad olish uchun nima qilish kerak?

To‘g‘ri qaror qabul qilib, bo‘lg‘usi kasbingiz va mutaxassislikni tanlashda sizga markazimizning kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mutaxassislari yordam beradilar. Sizga shaxsiy xususiyatlaringiz, muloqot ko‘nikmalaringiz, didingiz va qobiliyatlaringiz inobatga olinadigan individual variantlar taklif etiladi.

Narxi:
Bolalar / o'smirlar uchun maslahat (15 yoshgacha).
350 000 so'm/ 1 soat

Bizning markazimiz

Xodimlarimiz

Boshqa xizmatlar